«tashqi ishlar vazirligi» tegli maqolalar


O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda — TIV
15 aprel 2024, 13:33

O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda — TIV

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyat — Eron-Isroil mojarosi keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda ekanini bildirdi. Bu keng ko‘lamli harbiy qarama-qarshiliklarga olib kelishi mumkin, — deyiladi bayonotda.

O‘zbekiston TIV Moskvadagi teraktni qoraladi
23 mart 2024, 00:56

O‘zbekiston TIV Moskvadagi teraktni qoraladi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Moskvadagi teraktni qoraladi. “Terrorizmni oqlab bo‘lmaydi, biz begunoh fuqarolarga nisbatan qilingan zo‘ravonlikni bir ovozdan rad etishga chaqiramiz”, — deyiladi bayonotda.

O‘zbekiston Uganda bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi
20 yanvar 2024, 13:05

O‘zbekiston Uganda bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi

Uganda O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 145-davlat bo‘ldi. Ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolandi.

Tashqi ishlar vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
29 dekabr 2023, 22:20

Tashqi ishlar vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi

Bir yildan buyon tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bo‘lib kelgan Bahromjon A’loyev endi vazirning birinchi o‘rinbosari sifatida ishlaydi. Muzaffarbek Madrahimov va Rahmatulla Nurimbetov vazirga o‘rinbosarlik qiladi.

Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara haqidagi kelishuvni olqishladi
13 dekabr 2022, 11:26

Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara haqidagi kelishuvni olqishladi

AQSh O‘zbekistonning Qirg‘iziston bilan davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha kelishuvga erishganini olqishlaydi, dedi AQSh davlat kotibi Entoni Blinken O‘zbekiston TIV rahbari Vladimir Norov bilan uchrashuvda. Bu yerda ikki davlat o‘rtasidagi Strategik sheriklik muloqotining 2-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

TIV Ukraina hukumatidan OAVlarda O‘zbekistonga nisbatan asossiz ayblovlar tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslikni so‘radi
27 oktabr 2022, 17:37

TIV Ukraina hukumatidan OAVlarda O‘zbekistonga nisbatan asossiz ayblovlar tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslikni so‘radi

O‘zbekiston TIV mamlakat Eron bilan harbiy-texnik sohada hamkorlik qilmasligi va harbiy dronlar ishlab chiqarmayotganini qayd etdi. Vazirlik Ukraina rasmiylariga murojaat qilib, O‘zbekiston to‘g‘risida OAVlarda asossiz ayblovlar tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslikni so‘radi.

O‘zbekiston Tayvan bilan bog‘liq vaziyat tezroq bartaraf etilishiga umid bildirmoqda — TIV
4 avgust 2022, 11:27

O‘zbekiston Tayvan bilan bog‘liq vaziyat tezroq bartaraf etilishiga umid bildirmoqda — TIV

O‘zbekiston «yagona Xitoy» siyosatini va ushbu mamlakatning hududiy yaxlitligini izchil qo‘llab-quvvatlaydi hamda Tayvan bilan bog‘liq vaziyatda keskinlikning tezroq bartaraf etilishiga umid qilmoqda, deb bayonot berdi TIV.

O‘zbekistonliklarni Ukrainadan Polsha orqali evakuatsiya qilish yakunlandi
19 mart 2022, 11:39

O‘zbekistonliklarni Ukrainadan Polsha orqali evakuatsiya qilish yakunlandi

O‘zbekiston fuqarolarini Polsha orqali Ukrainadan evakuatsiya qilish jarayoni nihoyasiga yetdi. Polshadan jami 25 aviareys vositasida 5786 nafar fuqaro vatanga olib kelindi. «Boshqa davlatlar orasida O‘zbekiston Ukrainadan o‘z fuqarolarini birinchi bo‘lib evakuatsiya qildi», — dedi O‘zbekistonning Polshadagi elchisi Bahrom Boboyev.

17 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
17 mart 2022, 22:00

17 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekiston Ukrainaning mustaqilligini tan olishini aytgan Abdulaziz Kamilov, Qashqadaryoda yangi tashkil etilgan Ko‘kdala tumani, dori vositalarini reklama qilishi taqiqlangan mashhurlar va shifokorlar, qiynoq qurbonlariga yetkazilgan zararning qoplab berilishi, asosiy stavkani 17 foizgacha ko‘targan Markaziy bank va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 17 martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

«Dunyo» AA o‘zining eski nomiga qaytariladi
9 mart 2022, 12:02

«Dunyo» AA o‘zining eski nomiga qaytariladi

Tashqi ishlar vazirligi tasarrufidagi «Dunyo» axborot agentligi nomi o‘zining avvalgi «Jahon» nomiga qaytariladi. Agentlik ushbu qarorni «Dunyo» yoki unga o‘xshash nomlarga ega ko‘plab tuzilmalar paydo bo‘lgani bilan izohladi.

BMTning O‘zbekistondagi yangi doimiy koordinatori ish boshladi
25 fevral 2022, 17:34

BMTning O‘zbekistondagi yangi doimiy koordinatori ish boshladi

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori lavozimiga tayinlangan Roli Astxanani qabul qildi.

Rossiyaning Ukrainaga qo‘shni viloyatlaridagi o‘zbekistonliklarning xavotirlanishiga hech qanday asos yo‘q — TIV
24 fevral 2022, 17:37

Rossiyaning Ukrainaga qo‘shni viloyatlaridagi o‘zbekistonliklarning xavotirlanishiga hech qanday asos yo‘q — TIV

Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolari, shu jumladan, Rossiyaning Ukrainaga yaqin hududlarida joylashgan OTMlar talabalari uchun xavotirlanishga sabab va asoslar yo‘qligini ma’lum qildi. TIV agar fuqarolarga tahdid bo‘lsa, o‘z vaqtida choralar ko‘rilishi va ular O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi va Rostov-Dondagi bosh konsulxonasiga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkinligini bildirdi.

Abdulaziz Kamilov BMT maxsus ma’ruzachisi bilan uchrashdi
29 noyabr 2021, 11:36

Abdulaziz Kamilov BMT maxsus ma’ruzachisi bilan uchrashdi

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov BMT Maxsus ma’ruzachisi Fionnuala Ni Aolayn bilan uchrashdi. Tomonlar O‘zbekistonning BMT va uning inson huquqlari sohasidagi ixtisoslashgan tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorligining dolzarb masalalarini, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashishdi.

Norvegiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
24 noyabr 2021, 13:09

Norvegiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Norvegiyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Jon Mikal Kvistad Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovga ishonch yorliqlarini topshirdi. O‘zaro suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
2 noyabr 2021, 20:58

Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Abdulaziz Kamilov Saudiya Arabistonining elchisi etib tayinlangan Yusuf al-Utaybiyni qabul qildi. U O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida ikki tomonlama hujjatlar imzolandi
4 avgust 2021, 12:18

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida ikki tomonlama hujjatlar imzolandi

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida korrupsiya, narkotik moddalarni noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo hujjatlar imzolandi.

Tashqi ishlar vaziri USAID`ning yangi rahbari bilan muzokaralar o‘tkazdi
29 iyun 2021, 11:51

Tashqi ishlar vaziri USAID`ning yangi rahbari bilan muzokaralar o‘tkazdi

Abdulaziz Kamilov AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi rahbari Samanta Pauer bilan muzokaralar o‘tkazdi. Vazir USAID rahbarini iyul oyining o‘rtalarida Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” konferensiyasiga taklif qildi.

Abdulaziz Kamilov AQShga boradi
27 iyun 2021, 11:10

Abdulaziz Kamilov AQShga boradi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri 27 iyun — 4 iyul kunlari amaliy tashrif bilan Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘ladi.

TIV O‘zbekistonda maxfiy biologik qurol ishlab chiqarilayotganini rad etdi
22 iyun 2021, 12:29

TIV O‘zbekistonda maxfiy biologik qurol ishlab chiqarilayotganini rad etdi

Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonda maxfiy biologik qurol ishlab chiqarilayotganini rad etdi. Ma’lum qilinishicha, ushbu laboratoriyalar faqat diagnostik tadqiqotlar o‘tkazish va tinchlik maqsadlaridagina foydalanish uchun mo‘ljallangan.

Yusup Kabuljanov Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili etib tayinlandi
27 aprel 2021, 14:11

Yusup Kabuljanov Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili etib tayinlandi

O‘zbekistoninng Novosibirskdagi bosh konsuli bo‘lib ishlagan Yusup Kabuljanov Tashqi ishlar vazirligining matbuot kotibi va rasmiy vakili etib tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting